Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yili talabalikning ilk qadamlari ramzi bo‘lgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiridan so‘ng, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun katta ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etuvchi “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Mazkur darslar «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida tashkil etildi va unda talabalarga mustaqillik g‘oyasining mazmun-mohiyati, uni mustahkamlashdagi yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ma’ruzalar hamda samimiy suhbatlarda:
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning hayotimizdagi ijobiy samaralari ham alohida ta’kidlandi. Talabalarga mustaqillik nafaqat tarixiy voqelik, balki zamonaviy taraqqiyotimizning tayanchi ekanligi, uni asrab-avaylash har bir yoshning burchi ekani uqtirildi.
Farg‘ona davlat universitetida boshlangan “Mustaqillik darslari” yoshlar qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada kuchaytirib, ularning hayot yo‘lidagi ma’naviy dasturilamaliga aylanmoqda.