Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

BAYRAMGA TAYYORGARLIK: ANIQ TOPSHIRIQLAR VA MAQSADLAR

12:36, 02.09.2025      

Mustaqillik shodiyonalari arafasida: Farg‘ona davlat universitetida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona davlat universitetida yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan keng qamrovli yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir universitet rektori boshchiligida o‘tkazilib, unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda yurtimiz mustaqilligining qadr-qimmati, uning xalqimiz hayotida tutgan ulkan o‘rni alohida ta’kidlandi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu shior asosida bu yilgi mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda, yuksak darajada tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Rektor o‘z nutqida mustaqillik tufayli mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar uchun ochilgan keng ufqlar va xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtaldi. Shuningdek, bugungi tinch va farovon hayotimiz, milliy taraqqiyot yo‘limiz — barchasi mustaqillik sharofati ekanini alohida urg‘uladi.

Yig‘ilish davomida universitet rahbariyati zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. Jumladan:

  • -fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari bayram tadbirlarini mazmunan boy va manzilli tarzda tashkil etishi;
  • -talabalarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ishlab chiqishi;
  • -professor-o‘qituvchilar esa yoshlarga mustaqillik darslarini yanada chuqur anglatib berishda faol bo‘lishlari belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida Mustaqillik bayramini yuksak darajada o‘tkazish nafaqat birgina rasmiy vazifa, balki har bir fuqaro uchun mas’uliyatli burch ekanligi ta’kidlandi. Zero, Mustaqillik — bizning eng buyuk ne’matimiz, millatning eng ulug‘ qadriyati. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlod qalbiga singdirish esa barchamizning sharafli vazifamizdir.