Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

BIZNING TALABA «SHUHRAT» MEDALI BILAN TAQDIRLANDI-

14:53, 28.08.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan Farmonga ko‘ra, davlat xizmatchilari hamda turli soha vakillaridan bir guruhi yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.

Mukofotlanuvchilar safida universitetimiz faxriga aylangan — Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich sirtqi ta’lim talabasi, Bag‘dod tumani «Chekxitoy» MFY hokim yordamchisi Gʻoziyev Nurmatjon Numonjonovich ham bor. U fidokorona mehnati, hududlarni obod qilish, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi tashabbuslari uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishda Nurmatjon Gʻoziyevning munosib hissasi borligining yaqqol dalilidir.