Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY XUSHXABAR

15:08, 23.08.2025      

Tabiiy fanlar fakultetining Geografiya kafedrasi doktoranti Abduvaliyev Xayitboy Abdug‘aniyevich ilmiy faoliyatida muhim natijaga erishdi. U 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda aholi manzilgohlarini hududiy tashkil etilishini takomillashtirishning geografik jihatlari” mavzusida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur ilmiy ishda O‘zbekistonda aholi yashash joylarini oqilona tashkil etish, hududiy rivojlanishni samarali yo‘lga qo‘yish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishda geografik yondashuvlarning o‘rni chuqur tahlil etilgan.

Bu natija nafaqat muallifning ilmiy izlanishlari samarasi, balki mamlakatimiz geografiya fanining rivojlanishiga qo‘shilgan navbatdagi qimmatli hissa sifatida alohida e’tirof etiladi.