Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 394
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 44

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA MAZMUNLI VA FOYDALI TA’TIL

16:15, 13.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida yoshlarga mo‘ljallangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir — “Yoz o‘tmoqda soz” mavzusida uchrashuv va madaniy dasturlar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratildi.

Tadbir Farg‘ona viloyati Beshariq tumani bolalar oromgohida bo‘lib o‘tdi. Fakultet talabalari va o‘qituvchilari bolalar uchun qiziqarli o‘yinlar, sahna chiqishlari, intellektual musobaqalar hamda ijodiy mahorat darslarini tashkil etishdi. Ushbu faoliyatlar orqali ishtirokchilarning ijodkorlik qobiliyati, jamoada ishlash ko‘nikmalari va ijobiy dunyoqarashi mustahkamlandi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar yoshlarning yozgi ta’tilini nafaqat maroqli, balki foydali o‘tkazish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.