Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 394
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 44

FDU TALABASI GERMANIYADA: MAQSAD – BILIM VA TAJRIBA

16:05, 12.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Firdavsbek G‘oipov qisqa vaqt ichida katta marralarni zabt etishga intilayotgan yoshlarimizdan biri. Atigi 6 oy ichida nemis tilini puxta o‘rganib, u hozirda Germaniyaning nufuzli shaharlaridan biri – Myunxenda faoliyat yuritmoqda.

Firdavsbekning Germaniyaga yo‘l olishdagi asosiy maqsadi – kelgusida magistratura bosqichini aynan shu mamlakatda davom ettirish, sport sohasidagi zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishdir. U ta’kidlaganidek, chet elda olgan bilimlarini yurtimiz yoshlari bilan bo‘lishish, sportchilarimizning mahoratini oshirish va O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash uning eng katta orzularidan biridir.

Bugun Firdavsbek o‘z ustida tinimsiz ishlash, qat’iyat va maqsadga intilish orqali qisqa vaqt ichida til o‘rganish va xorijda o‘z faoliyatini boshlash mumkinligini amalda isbotlamoqda.