Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK SARI YANGI QADAMLAR

16:10, 08.08.2025      

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va sifatli oliy ta’limni keng targ‘ib etish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iziston Respublikasining Batkent davlat universitetida targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Mazkur tashrif davomida o‘zbek oliy ta’lim tizimining yutuqlari, Farg‘ona davlat universitetining xalqaro aloqalari, ilmiy salohiyati va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Batkent davlat universitetida tahsil olayotgan va Farg‘ona davlat universitetida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan bir qator talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ularga universitetning:

  • -turli bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari;
  • -zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazasi;
  • -sport inshootlari va jismoniy tarbiya imkoniyatlari;
  • -talabalar uchun stipendiya va grant dasturlari;
  • -xalqaro almashinuv loyihalari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Targ‘ibot ishlari jarayonida Farg‘ona davlat universitetining nafaqat o‘quv jarayoni, balki talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning shaxsiy rivojiga xizmat qiluvchi turli to‘garaklar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar haqida ham so‘z yuritildi.

Professor-o‘qituvchilar o‘z nutqlarida, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Uchrashuv so‘ngida ikki universitet o‘rtasida ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik qilish, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa ikki tomonlama ta’lim aloqalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Farg‘ona davlat universitetining bu kabi tashabbuskorligi, ochiqligi va zamonaviy ta’limga intilishi bilan nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda ham o‘z nufuzini oshirib bormoqda.