Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“WORK AND TRAVEL” DASTURI: TA’LIM VA TURIZM

16:02, 08.08.2025      

Bugungi globallashuv davrida talabalar uchun xorijiy tajriba orttirish — nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanishning ham muhim qismiga aylangan. Shu maqsadda Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti magistrantlari, Tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda Agrar qo‘shma fakultet vakillari hozirda “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyada faoliyat yuritmoqda.

Bu imkoniyat ularga faqatgina mehnat faoliyatini olib borish emas, balki Germaniyaning tarixiy va madaniy merosini o‘rganish, xalqaro do‘stlar orttirish va til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.

Dastur ishtirokchilari Germaniyaning janubiy qismida joylashgan qadimiy Würzburg shahri hamda Baden-Vyurtemberg federal yerida ishlash va yashash imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bu hududlar nafaqat iqtisodiy salohiyati, balki boy madaniy an’analari va tarixiy obidalari bilan ham mashhur.

Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi 3-bosqich talabasi Asadbek Toshtemirov Würzburg shahrida ish tajribasini oshirish bilan birga, mahalliy turmush tarzi va urf-odatlar bilan yaqindan tanishmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur davomida olingan tajriba kelajakdagi kasbiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi.

“Work and Travel” dasturi talaba va magistrantlar uchun xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish, chet tilini amaliyotda qo‘llash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirish imkonini beruvchi noyob platformadir.

Bunday loyihalar yoshlarning tashabbuskorligini hamda yetuk mutaxassislar sifatida dunyo sahnasida munosib o‘rin egallashiga ishonchlarini oshiradi.