Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA BUNYODKOR YOSHLARDAN TASHABBUS

16:00, 07.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mehnatga, ishlab chiqarishga va ijtimoiy faollikka jalb qilish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

“Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi tomonidan ayni paytda talabalar turar joylari, o‘quv binolari va sport majmualarining ichki va tashqi qismlarida ta’mirlash, bo‘yash hamda tozalash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Talabalar o‘z tashabbuslari va mehnatsevarliklari bilan yozgi ta’til davrini foydali va mazmunli o‘tkazib, universitet infratuzilmasini yangilashga munosib hissa qo‘shmoqda.