Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 441
  • Ko`rib chiqilganlar 408
    • Takliflar 57
    • Arizalar 343
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

OLIYGOH REKTORINING NAVBATDAGI UCHRASHUVI

14:27, 13.06.2025      

Farg’ona davlat universitetning Tabiiy fanlar fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda fakultetda o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomati, ilmiy salohiyat, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalarni ilmiy innovatsion loyihalarga jalb qilinishi, Hemis dasturiga doir muammolar, o'quv adabiyotlarning yaratilishi, proffesor - o'qituvchilar tomonidan dars mashg'ulotlarining sifatli olib borilishi, ustoz - shogird maktabi, tyutorlar faoliyati, ijara xonadonlar nazorati kabi qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan yurtimizda tub burilishlar davri kechayotgan bir davrda Yangi O'zbekiston platformasini ilmiy asos ustiga qurilishi, bu esa oliygohlar yetishtirib berayotgan aqlli, vijdonli, vatanparvar, yetuk avlodlar ekani ta'kidlab o'tildi.

Millatni jipslashtiradigan, millat tarixida tub burilish yasaydigan, ilm - fanda inqilob qiladigan toifa bu ziyolilardir, shunday ekan, millatning farzandlari uchun har birimiz mas'ulmiz,- deya ta'kidladi oliygoh rahbari.

Yig'ilish yakunida o'rganilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qator chora - tadbirlar belgilandi va soha prorektorlariga tegishli vazifalar yuklatildi.