Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Rasmiy munosabati

17:24, 23.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti fransuz tili yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabaning o‘qituvchilarning dars jarayoni va talabalarga munosabati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan murojaati yuzasidan.

Mazkur murojaat fakultet rahbariyati va universitet ma’muriyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Shalola Jo‘rayeva faoliyati bo‘yicha kafedra, dekanat va ichki nazorat bo‘limi tomonidan maxsus xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma tashkil etilib, dars sifati, tushuntirish uslubi va muloqot madaniyati bo‘yicha fikrlar o‘rganildi.

So‘rovnoma natijalari o‘qituvchining mashg‘ulotlari talaba­lar tomonidan umumiy ijobiy baholanayotganini, pedagogning o‘z ustida muntazam ishlashi hamda metodik talablarga amal qilishi tasdiqladi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, universitetda ta’lim sifati va pedagogik odob-axloq masalalari bo‘yicha muntazam monitoring olib boriladi. Har bir talaba o‘zini hurmat qilinadigan, qo‘llab-quvvatlanadigan muhitda o‘qishi biz uchun muhimdir.

Universitet ma’muriyati har qanday murojaatni befarq qoldirmaydi va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib boradi.

Farg‘ona davlat universiteti ochiqlik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga sodiq qolgan holda ota-onalar va talabalarni hamkorlikka chaqiradi.